Huquq

Firibgarlikda gumon qilingan yana bir o‘zbekistonlik Turkiyadan deportatsiya qilindi

1 daq o‘qish5 ko‘rish
Firibgarlikda gumon qilingan yana bir o‘zbekistonlik Turkiyadan deportatsiya qilindi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyada ushlangan fuqaro N.R. mamlakatdan chiqarib yuborilgani haqida ma’lum qildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, N.R. odamlarning ishonchini qozonib, ularning ko‘p miqdordagi mol-mulkini aldov yo‘li bilan egallashda gumonlanmoqda. Gumonlanuvchi ustidan firibgarlikni nazarda tutuvchi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Qidiruv O‘zbekistonda e’lon qilingan. Ikki davlat ichki ishlar vazirliklari birgalikda olib borgan tezkor choralar tufayli uning Turkiyada turgan joyi aniqlanib, u ushlangan.

Ma’lumot uchun, bundan oldin ham xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonliklar Turkiyadan qaytarilgan. Xususan, Xorazm viloyatida bandlik sohasida ishlagan sobiq davlat xodimi lavozim imkoniyatidan foydalanib, davlat mablag‘larini o‘zlashtirganlikda va hujjatlarni soxtalashtirganlikda ayblanmoqda. Yana bir fuqaro hamkorlikda biznes yuritishni taklif qilib, odamlardan katta miqdordagi pulni firibgarlik yo‘li bilan olganlikda gumonlanib, 6-noyabr kuni vatanga qaytarilgan.

Manba: lex.uz

Muhim xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing

@format24_uz — Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.

Obuna bo‘lish