Jamiyat

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi bir yilda 20 foizga oshdi

1 daq o‘qish1 ko‘rish
Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi bir yilda 20 foizga oshdi

Toshkent metropolitenida bir yil ichida yo‘lovchilar soni 20 foizga ko‘paygani metropoliten ma’muriyati tomonidan ma’lum qilindi.

Shu munosabat bilan ma’muriyat aholiga murojaat qilib, odam kamroq bo‘ladigan muqobil bekatlardan foydalanishni tavsiya etdi. Yo‘lovchilar oqimi ortgani sababli bunday bekatlarni tanlash qatnovni birmuncha yengillashtirishi mumkin.

Shuningdek, metroda yangi vagonlar qo‘shilishi aytildi. Ularning soni va ishga tushirilish muddatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot keltirilmagan.

Manba: Kun.uz

Muhim xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing

@format24_uz — Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.

Obuna bo‘lish

Shu mavzuda

Barchasi →