Jamiyat

Toshkent havosi ifloslanishiga Qozog‘istondan kirib kelayotgan chang massalari ham ta’sir qilmoqda — Gidrometeorologiya xizmati

1 daq o‘qish5 ko‘rish
Toshkent havosi ifloslanishiga Qozog‘istondan kirib kelayotgan chang massalari ham ta’sir qilmoqda — Gidrometeorologiya xizmati

So‘nggi besh kun davomida poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmagan, shamol tezligi nisbatan past bo‘lib, havo almashinuvi sust kechmoqda. Bu holat shahar atmosferasida ifloslantiruvchi moddalar tarqalishini qiyinlashtirmoqda.

Shuningdek, havo oqimlari bilan Qozog‘iston hududidan transchegaraviy chang massalari Toshkent viloyati va Toshkent shahri tomon kirib kelmoqda.

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, poytaxt hududidagi avtomatik monitoring stansiyalarida ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining sezilarli ortishi qayd etilmagan. Biroq chegaraoldi stansiyalarida 2026-yil 17–21-noyabr kunlari olingan natijalarda PM2.5 va PM10 chang zarralari miqdori yuqori bo‘lgani aniqlangan. Xizmat bu ko‘rsatkichlarni chang massalari tashqi hududlardan kelayotganining muhim dalillaridan biri deb baholadi.

Mazkur davrda eng yuqori ko‘rsatkichlar “Sofiya” va “Green University” chegaraoldi stansiyalarida qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, havo sifatiga ta’sir qiladigan mahalliy omillar qatoriga avtotransport vositalari, qurilish maydonlari va sanoat korxonalaridan chiqadigan tashlamalar ham kiradi.

Manba: Gidrometeorologiya xizmati

Muhim xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing

@format24_uz — Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.

Obuna bo‘lish

Shu mavzuda

Barchasi →