Qarshida ko‘p qavatli uyda gaz chaqnadi, ikki kishi kuyish jarohati oldi
Qarshi shahridagi Batosh mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyda 22-noyabr kuni soat 00:28 da gaz chaqnashi yuz bergani haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Chaqnash ikkinchi qavatdagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Natijada yong‘in chiqqan, uni qutqaruvchilar qisqa vaqt ichida o‘chirgan. Hodisadan so‘ng 2 nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Voqea nima sabab yuz berganini mas’ul idoralar surishtirmoqda.
Shuningdek, vazirlik aholini gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmaslikka va xavfsizlik talablariga amal qilishga chaqirdi.



