O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan 23-24-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rasmiylari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
Manba: President.uz



