Siyosat

Zelenskiy bosib olingan 15 ta manzilda Oleshkidagi kabi evakuatsiya o‘tkazishni so‘radi

2 daq o‘qish5 ko‘rish
Zelenskiy bosib olingan 15 ta manzilda Oleshkidagi kabi evakuatsiya o‘tkazishni so‘radi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya nazoratidagi Xerson va Zaporojye viloyatlarining 15 ta aholi punktidan odamlarni olib chiqish uchun Oleshki modelidagi gumanitar missiya tashkil etishni AQShga taklif qildi.

Zaporojye viloyatidan ro‘yxatga Vasilyevka, Verxnyaya Krinitsa, Kamenskoye, Dneprorudnoye, Zlatopol va Mayachka kiritilgan. Xerson viloyati bo‘yicha esa Velikaya Kardashinka, Kardashinka, Velikie Kopani, Gladkovka, Novaya Zburyevka, Staraya Zburyevka, Golaya Pristan, Kostogrizovo va Radensk nomlari keltirilgan.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, manzillardagi aholi soni va odamlarning ahvoli aniqlashtirilgani sari ro‘yxat to‘ldirib boriladi.

Oleshkidagi gumanitar operatsiya oktyabr oxirida AQSH vositachiligida o‘tkazilgan edi. Shahardan yetti yuzdan ortiq kishi olib chiqilgan, qolishni xohlaganlarga esa gumanitar yordam yetkazilgan. Missiya davomida Rossiya va Ukraina shu hududda o‘t ochishni to‘xtatib turgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin noyabr boshida shunday operatsiyani Donetsk viloyatining Konstantinovka shahrida ham o‘tkazishni taklif qilgan. Biroq 19-noyabr kuni u Ukrainaning Qrim ko‘prigiga yaqinda bergan zarbalaridan keyin Kiyev bilan “bir qator yo‘nalishlarda” o‘t ochishni to‘xtatish imkonini muhokama qilishdan bosh tortganini bildirdi.

Oleshkidagi missiyada ishtirok etgan AQSH birinchi xonimi Melaniya Tramp esa tomonlar bilan o‘t ochishni to‘xtatishning yangi tartibi yuzasidan muzokara yuritilayotganini aytdi. U bunga Rojdestvogacha erishilishiga umid bildirdi. Qaysi hududda to‘xtatish nazarda tutilgani oydinlashtirilmadi.

Manba: Daryo

Muhim xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing

@format24_uz — Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.

Obuna bo‘lish

Shu mavzuda

Barchasi →