Saida Mirziyoyeva Hindiston sohillari yaqinida AQSH aviatashuvchi kemasiga tashrif buyurdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH prezidentining maxsus vakili Serjio Gor bilan birga Hindiston sohillari yaqinida joylashgan dunyoning eng yirik aviatashuvchi kemalaridan biri — USS George Washington bortida bo‘ldi.
Mehmonlarga atom energiyasida ishlaydigan aviatashuvchi kema hamda AQSH harbiy-havo kuchlarining imkoniyatlari namoyish etildi.
Saida Mirziyoyeva o‘z sahifasida kemaning tuzilishi va noyob texnologiyalari bilan tanishish, shuningdek, ekipaj a’zolarining kundalik faoliyatini kuzatish alohida taassurot qoldirganini yozdi.
Manba: Saida Mirziyoyeva



